Qarshi shahar, Mustaqillik shox ko'chasi 22-uy

Excel’da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?

Excel’da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?

Excel’da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?

Microsoft Office bilan ishlovchi har bir xodim bu usulni bilishi kerak.

Yarim kunlik ish vaqtingizni MS Excel’da hisobot tayyorlashga sarfladingizu, dasturni yopish vaqtida «Soxranit izmeneniya v fayle?» so‘roviga tasodifan «Net» tugmasini bosib yuborgan bo‘lsangiz, vahimaga tushmang — buning yechimi bor.

Dasturingiz Excel 2010 bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklash uchun «Fayl» → «Posledniye» (File → Recent) orqali pastki o‘ng burchakdagi «Vosstanovit nesoxranyonniye knigi» (Recover Unsaved Workbooks) tugmasini toping.

Excel 2013’da biroz farqli: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye versiyami» → «Vosstanovit nesoxranyonniye knigi» (File — Properties — Recover Unsaved Workbooks).

Excel’ning barcha keyingi talqinlarida axborotni qayta paydo qilish uchun quyidagi tartibda oynalarni ochamiz: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye knigoy». Paydo bo‘lgan menyudan kerakli punktni tanlash kifoya.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *